Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OFK prezidenti Toshkentga keldi
O‘zbekistonga Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Islom Karimov nomidagi «Toshkent xalqaro aeroporti»da ushbu martabali mehmonni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi mutasaddilar kutib olishdi. OFK prezidentining tashrifidan maqsad, OFK Ijroqo‘mining Toshkentda birinchi marotaba o‘tkazilayotgan yig‘ilishida ishtirok etishdir.
26 sentabr kuni Toshkent shahri ushbu yig‘ilishga mezbonlik qiladi. Bugun shuningdek, O‘zbekistonga OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon ham yetib kelgan.
«Poytaxtimiz bunday tadbirga birinchi marta mezbonlik qilayotganini alohida e'tirof etish kerak. OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishining aynan yurtimizda o‘tkazilishi, OFK hamda O‘FA o‘rtasidagi aloqalar mustahkamligi yo‘lida navbatdagi qadam vazifasini o‘tab beradi», deyilgan xabarda.
Yig‘ilish Toshkent shahridagi «International» mehmonxonasida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
20:26 / 21.12.2025
Osiyo futbol konfederatsiyasi OFK Millatlar Ligasi musobaqasini joriy etadi
11:54 / 07.10.2025
OFK O‘FAni 340 ming dollar jarimaga tortdi
18:20 / 29.10.2024
Akram Afif - Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi!
17:46 / 29.10.2024