O‘zbekiston | 19:00 / 24.09.2018
27670
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati kuni belgilanishi kutilmoqda

​5 aprel — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kuni sifatida nishonlanishi mumkin. Tegishli qonun Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati  ma'lumotiga ko‘ra, senatorlar mazkur masalani ko‘rib chiqishi kun tartibiga kiritilgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 5 aprelida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzolagandi. Undan avvalroq, Senatning XIV yalpi majlisida senatorlar «Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini yoqlab ovoz bergan.

 

Mavzuga oid