Noyob suv osti jonzoti tasvirga olindi
Nautilus tadqiqot kemasi jamoasi chuqur suv ostida yashovchi noyob va antiqa jonzotni videoga oldi. Bu jonzot deyarli birgina og‘izdan iborat bo‘lib, go‘yoki suvda “erib keta oladi”.
Bu jonzotning nomi kattaog‘iz yoki chuqur suv osti pelikan-balig‘i bo‘lib, u 1200 metrdan 1400 metrgacha chuqurlikda yashaydi. U og‘zini deyarli 360 gradusga ochib, o‘zidan ancha kattaroq o‘ljani tuta oladi.
Olimlar videodagi jonzot baliqcha ekanligini taxmin qilishgan, chunki uning katta yoshlisi bir metrgacha uzunlikka yetadi.
Videoni tomosha qilar ekansan, undagi baliq tirik mavjudot emas, balki kompyuter grafikasidek tuyuladi.
Biologlar ushbu videoni Tinch okeanida joylashgan, dunyodagi eng katta dengiz qo‘riqxonasi – Papaxanaumokuakea milliy bog‘ida suratga olishgan.