Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi dasturi ma'lum qilindi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-28 sentabrda Dushanbeda o‘tadigan Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlariga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, sammit kun tartibiga turli sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning joriy holati va istiqbollariga taalluqli keng doiradagi masalalar kiritilgan. Shuningdek, davlatlar rahbarlari MDHda 2019 yilda raislik qilish, kengashning navbatdagi yig‘ilishi sanasi va joyini belgilash kabi masalalarni ko‘rib chiqishadi, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashishadi.
Yig‘ilish natijalariga ko‘ra, ko‘plab hujjatlar, jumladan 1948 yil 10 dekabrda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan MDH davlatlari rahbarlari bayonotlari, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligiga tayyorgarlik va uni nishonlash bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasi, 2019-2023 yillar uchun jinoyatchilikka qarshi birgalikdagi choralar davlatlararo dasturi, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik haqidagi kelishuv qabul qilinadi.
Shavkat Mirziyoyevning tashrifi dasturiga, shuningdek, Dushanbeda bir qator uchrashuvlar o‘tkazish ham kiritilgan.
Mavzuga oid
12:12 / 09.05.2024
Mo‘g‘uliston prezidenti O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi
21:24 / 02.10.2023
Shavkat Mirziyoyevning Qatarga davlat tashrifi yakunlandi
06:15 / 20.08.2023
Shavkat Mirziyoyev Budapeshtda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi
20:36 / 18.08.2023