«Agarda Shimoliy Koreya, xuddi Pxenyan deklaratsiyasida ko‘rsatilganidek, to‘g‘ri yo‘lga qadam qo‘ysa, biz baxtsiz o‘tmishga yakun yasaymiz va munosabatlarning yaxshilanishi uchun yo‘l ochamiz», - deya aytib o‘tdi Abe.

Shuningdek, uning eslatishicha, ayni damda ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Shimoliy Koreya yangi yadroviy sinovlarga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma'lum qilgan edi.