11:29 / 26.09.2018
15464

FormulaPlus-zamonaviy va so‘nggi rusumdagi disklar makoni!

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoati yo‘lga qo‘yilganidan keyin mamlakatda yengil avtomobillar soni ham keskin oshdi. Shuning barobarida avtohavaskorlarning sifatli avtomobil ehtiyot qismlari, jihozlariga bo‘lgan talabi ham shunga yarasha ortib bormoqda.

O‘tgan yillar mobaynida turli rusumdagi yengil avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi, ularga disklar, shinalar va boshqa mahsulotlarni chakana va ulgurji ko‘rinishda yetkazib beruvchi tadbirkorlar tarmog‘i ham shakllandi. Bozorlarda ko‘zni qamashtiruvchi mahsulotlarning ko‘pligi esa, xaridorni biroz chalg‘itadi. Shu vaqtda, ishonchli, bir necha yillik tajribaga ega tadbirkor tanishingizning borligi joningizga oro kirishi shubhasiz.

Aytish joizki, bugungi kunda jozibador, ko‘zni qamashtiruvchi disk va yap-yangi shina o‘rnatilgan avtomashinani boshqarishni xohlamaydigan avtohavaskorni topishning o‘zi amrimahol.

“O‘zbekistonga olib kirilayotgan alyuminiy qorishmali disklarning barchasi quyma hisoblanadi. Bundan tashqari, disklarning toblangan yana bir turi bo‘lib, u ham alyuminiy qotishmali bo‘ladi, biroq unga ishlov berilishi va mustahkamlik darajasi yaxshiroq bo‘lgani bois, bizlar taklif etayotgan alyuminiy qorishmali disklardan bir necha barobar qimmat bo‘ladi. Shu bilan birga, po‘lat disklarga chiroyli dizayndagi ishlov berib bo‘lmaydi, qolaversa ularning vazni ham og‘ir bo‘ladi.”, - deydi FormulaPlus Group asoschisi – Ubaydulla Xamidullayevich.

2003-yilda shinalar savdosi bilan faoliyat boshlagan FormulaPlus Group bugungi kunda, bemalol aytish mumkinki, O‘zbekistonda shu kabi mahsulotlar savdosining hajmi borasida oldingi saflarda. Firma do‘konlarida respublikada ishlab chiqilayotgan mahalliy avtomobillar uchun turli xil rang, ko‘rsatkich va o‘lchamdagi disklar hamda ularga mos ravishda shinalar sotiladi. Sifati kafolatlangan disklar Xitoyning taniqli ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beriladi.

Shinalar borasida so‘z yuritadigan bo‘lsak, ular orasida Yevropa, Xitoy, Koreya, Tayvandda chiqarilgan ballonlardan yoqqanini tanlash imkoniyati mavjud. Do‘konda turli narx diapazonidagi, o‘zingizga ma'qul kelgan sifatli shinalarni bemalol topish mumkin. Ta'kidlash o‘rinliki, FormulaPlus Group o‘zi hamkorlik qiladigan kompaniyalarning O‘zbekistondagi rasmiy dileri hisoblanadi.

FormulaPlus Group Toshkent shahri Kichik xalqa yo‘li yoqasida asosiy do‘koniga ega. Ikkinchisi Sergeli avtomobil bozorida faoliyat yuritadi. Firma o‘z savdo qamrovini kengaytirish maqsadida uchinchi do‘konini yaqin orada ishga tushirishni rejalashtirgan.Bundan tashqari FormulaPlus Group har bir viloyatda savdo hamkorlariga ham ega.

Qolaversa, yangi dizayndagi mahsulotlar keltirishdan avval bozor jiddiy o‘rganiladi, hamkorlar, mijozlar bilan maslahatlashilgandan so‘ng, O‘zbekiston bozori uchun yangi dizayn va namunadagi disklarga buyurtma beriladi.

Albatta FormulaPlus Group o‘zi sotayotgan disklar sifati jahon andozasiga mos kelishi borasida ham jiddiy qayg‘uradi. Shu boisdan har bir disk va shinalar to‘plami uchun sifat sertifikatlari olingan. Firma tomonidan keltirilayotgan disklarning laklari, rangi, tusi tashqi ta'sirlarga, haroratga sezilarli chidamli hisoblanadi. Shuningdek, dizaynlar doimiy ravishda yangilanib turiladi.

Narxlar ham xaridorlar uchun hamyonbop. Misol uchun: R17diskning bir to‘plami (4 donasi) 260 AQSh dollari ekvivalentidan boshlanadi.

Sifatli, chiroyli dizayndagi, zamonaviy avtomobil disklari kerakmi? Formula Plus Group firmasiga bemalol murojaat qilib, adashmaysiz.

 

Qolaversa, tadbirkorlik sub'yekti ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘z sahifalariga ega:

Facebook: Formulaplus.uz

Instagram: Formulaplusuz

Telegram: t.me/formulaplus

www.Formulaplus.uz

Murojaat uchun telefonlar: 99 860 0660 | 97 4508777           

Yagona Call center nomeri: 71 200 8 555

Bizni quyidagi manzildan topasiz:

  1. Toshkent shahri, Chilonzor-10, 38-25 
  2. Sergeli Avto makon, Blok 6/3, 18-do‘kon. Telefon: 98 306 2949 

Reklama huquqi asosida 

Top