Jismoniy şaxslar tijorat maqsadida tovarlarni çet eldan bojxona postlari orqali olib kirmoqçi bölsa, buning qanday salbiy oqibatlari mavjud? Masalan, jismoniy şaxslar çegara orqali sovutgiç yoki konditsionerlarni imtiyozli norma bilan, keyinçalik tijorat maqsadida respublikaga olib kirişi sönggi paytda köp kuzatilmoqda. Bu jarayon qanday yuz berayotgani haqida Bojxona ekspertizasi va Taşqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritiş boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçi Baxtiyor Abduğaniyev Kun.uz'ga ma'lumot berdi.
«Birinçidan, uşbu sovutgiç va konditsionerlar xavfsizligini kafolatlovçi muvofiqlik sertifikatiga ega bölmaydi, demak respublikaga sifati kafolatlanmagan tovar olib kirilişi ehtimoli yuqori. Bu esa xaridor, ya'ni oxirgi iste'molçini xavfsiz bölmagan tovarga egalik qilişiga sabab böladi.
Ikkinçidan, şu holatdan kelib çiqib, sovutgiç yoki konditsioner qisqa vaqt içida nosoz holga keldi deylik, uni heç kim bepul va kafolatli ta'mirlab bermaydi, şuningdek mazkur jihoz rasmiy ustaxonalarda ham ta'mirlab berilmaydi.
Uçinçidan, sovutgiç va konditsionerlar ozon yemiruvçi moddalar, ya'ni freonlar yordamida işlaydi, hukumat qarorlari bilan köp turdagi freonlarni respublikaga olib kiriş taqiqlangan. Bu norma Xalqaro Monreal protokoli va Vena konvensiyasi asosida qabul qilingan. Bunga köra, Özbekiston xalqaro majburiyatlarni olgan, savolingizda nazarda tutilgan holda, mazkur tovarlarni respublikaga kirib kelişi, Özbekistonning xalqaro majburiyatlarini bajarmasligiga, eng yomoni esa yer kurrasini himoyalovçi ozon qatlamini buzuvçi moddalarni respublikaga norasmiy kirib kelişiga sabab böladi.
Törtinçidan, mamlakatimizdagi şu turdagi tovarlarni işlab çiqaruvçilar hamda respublikamizga barça bojxona bojlarini tölab, tegişli tekşiruvlarni amalga oşirgandan söng olib kirilib sotilayotgan tovarlarni raqobatbardoşligiga putur yetkazadi, ya'ni bozorlarda nosoğlom savdo muhiti hosil böladi», deydi Abduğaniyev.

Endi ikkinçi misol, oziq-ovqat mahsulotlarini köraylik.
Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy körsatkiçlardan biri mahsulotning xavfsizligi va bezararligi hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati esa ularning iste'mol xossalarini belgilab berişi va uning odamlar hayoti va soğligi uçun xavfsizligini ta'minlaşi zarur.













