Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartirişlar va qöşimça kiritildi.
“Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi qonunga kiritilgan özgartirişga köra, davlat yordami berilişiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi bilan kelişişni nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritildi.
Bundan taşqari, “Raqobat töğrisida”gi qonunga özgartiriş kiritilib, unga muvofiq xöjalik yurituvçi sub’yekt qaysi faoliyat turiga asosan tabiiy monopoliya sub’yektlari jumlasiga kiritilsa, öşa faoliyat turi uning asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
Jazolar tizimini liberallaştiriş maqsadida raqobat töğrisidagi qonunçilikning iqtisodiy jihatdan past ta’sir darajasiga ega bölgan buzilişini birinçi marta sodir etgan xöjalik yurituvçi sub’yektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar tarzidagi javobgarlik çoralari qöllanmasligini nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.

















