Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi Şohrux Ğulomov Tailand Taşqi işlar vazirligi doimiy kotibi örinbosari Busadi Santipitaks boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga köra, delegatsiya tarkibida Tailandning yirik kompaniyalari rahbarlari bor edi.

Tailand tomoniga Özbekiston fuqarolari uçun 60 kungaça vizasiz rejim taqdim etgani uçun minnatdorçilik bildirildi.

Ijobiy natijalar ikki davlat örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmining ösiş sur’atlarini körsatmoqda – joriy yilning birinçi yarmida özaro tovar ayirboşlaş hajmi 170 foizga oşdi. Yaqin kelajakda qöşma investitsiya loyihalari sonini köpaytiriş va tovar ayirboşlaş hajmini 500 million AQŞ dollariga yetkaziş böyiça çora-tadbirlar köriş muhimligi qayd etildi.

Uçraşuv yakunida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantiriş böyiça qöşma çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş, şu jumladan, qişloq xöjaligi, turizm, oziq-ovqat sanoati, töqimaçilik va elektrotexnika mahsulotlarini işlab çiqiş kabi sohalarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.