Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda bepul kommunal xizmatlar bekor qilinadi
2019 yil 1 yanvardan Turkmanistonda aholiga elektr energiya, gaz, ichimlik suvi va osh tuzini bepul taqdim qilish bekor qilinadi. Bu haqda prezident Gurbanguli Berdimuxamedovning qaroriga iqtibos keltirgan holda Turkmaniston davlat axborot agentligi ma'lum qildi.
“Turkmaniston iqtisodiyotida erkin bozor munosabatlarini rivojlantirishni davom ettirish hamda aholi uchun elektr energiya, gaz, uy-joy kommunal xizmatlari narxini tartibga solish maqsadida 2019 yil 1 yanvardan aholiga elektr energiya, gaz, ichimlik suvi va osh tuzini bepul taqdim qilish bekor qilinadi”, deb aytilgan qarorda.
Qarorda ushbu xizmatlarning aniq narxi keltirilmagan, biroq narxlar imtiyozli asosda belgilanishi ta'kidlab o‘tilgan. Ma'lum qilinishicha, hukumat bu masala bo‘yicha takliflarni tayyorlab, prezidentga ko‘rib chiqish uchun taqdim qilishi kerak.
Turkmanistonda yuqorida sanab o‘tilgan xizmatlar aholiga 1992 yildan bepul taqdim qilib kelingan. Bu zaxiralar iste'moli cheklangan bo‘lgan. Belgilangan miqdordan ko‘proq ishlatilgan zaxiralarga ramziy narxlar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan. 2003 yilda Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurot Niyazov imtiyozlarning amal qilishi muddatini 2030 yilgacha uzaytirgan, biroq 2017 yilda amaldagi prezident aholi daromadlari sezilarli oshgani sababli ushbu xizmatlar uchun to‘lov kiritilishini qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026