Jahon | 00:44 / 27.09.2018
11993
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng tez yuruvchi g‘ildiraklardagi uyda yangi rekord o‘rnatildi

Dunyodagi eng tez yuruvchi, g‘ildiraklar ustiga o‘rnatilgan uy o‘z rekordini yangiladi. Ma'lum qilinishicha, g‘ildiraklarga o‘rnatilgan uy 163,34 km/soat tezlikka erisha olgan. 

 

View from the fast end!

Posted by Adrian Holdstock on Sunday, September 23, 2018

Antiqa transport vositasi Britaniyaning Oksfordshirida yashovchi Kevin Niks tomonidan Volkswagen Passat universali negizida qurilgan. Mashinadan faqatgina pol, 450 ot kuchiga ega 6 silindrli dvigatel qolgan. Transport vositasi 2,3 tonna keladi. Qizig‘i, unga umumiy foydalanish ko‘chalari bo‘ylab yurishga ruxsat berilgan. 

Bir yil avval g‘ildiraklar ustidagi uy 128 km/soat tezlikkacha erisha olgan. Niks joriy yilning may oyida uni 162,61 km/soat tezlikkacha tezlashtirgan. 

Niks “Passat”ni g‘ildiraklar ustidagi uyga aylantirish uchun 13 ming funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ sarflagan.

Mavzuga oid