Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Merkel bilan uchrashgani Germaniyaga yetib keldi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muzokaralar o‘tkazgani Germaniyaga rasmiy tashrif bilan keldi.
28 sentabrda Erdo‘g‘an Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashadi, so‘ngra tushlik vaqtida Merkel bilan suhbat quradi.
Bundan tashqari, ikki davlat yetakchilari 29 sentabr nonushta vaqtida Berlin va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar hamda xalqaro kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishadi. Jumladan, Erdo‘g‘an iqtisodiyot, xavfsizlik, mudofaa, madaniyat va ijtimoiy sohalardagi hamkorlik, Germaniyadagi turk hamjamiyati muammolarini muhokama qilishni rejalashtirgan. Muzokaralar davomida, shuningdek, Suriya, terrorchilik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash mavzulariga to‘xtalib o‘tilmoqchi.
Erdo‘g‘an tashrifi davomida jamoat tashkilotlari vakillari, yetakchi qo‘shma kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashadi va Kyolndagi masjid ochilishi marosimida ishtirok etadi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
08:28 / 03.06.2026
Ruminiya 298 ta Lynx jangovar mashinasini xarid qiladi
08:38 / 02.06.2026