Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi yakunida 3 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi yakunida ikki tomon o‘rtasida jami 3 milliard dollarlik shartnomalar imzolanadi. Bu haqda prezidentning Hindistonga davlat tashrifi munosabati bilan o‘tkazilgan brifing chog‘ida ma'lum qilindi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Suxrob Xolmurodovning bugun prezidentga bergan hisobotida tashrif yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo qator hujjatlar, shuningdek 3 milliard dollardan ziyod hajmdagi shartnomalar imzolanishi haqida aytilgan.
O‘zbekiston prezidenti bugun Hindistonning Agra shahrida bo‘lib, Toj Mahal me'moriy obidasini ziyorat qildi.
Shavkat Mirziyoyev shu kunning o‘zida Nyu-Dehliga keldi. O‘zbekiston prezidenti bugun Hindiston poytaxtida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishning amaliy jihatlarini, jumladan, O‘zbekiston–Hindiston ishbilarmonlar kengashini ta'sis etish taklifini muhokama qilish uchun Hindistonning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar ertaga, 30 sentabr kuni Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadi.
Prezident Ram Nath Kovind, Bosh vazir Narendra Modi va Hindistonning boshqa rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralarda davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirishning aniq yo‘llarini ko‘rib chiqish, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muhim masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.
Tashrif yakunida O‘zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vazirining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, O‘zbekiston–Hindiston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan salmoqli hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar, mamlakatlar hududlari va muassasalari o‘rtasida hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
Mavzuga oid

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025