Jahon | 22:43 / 30.09.2018
6705
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada 3 yil ichida 100 mingga yaqin terrorchi yo‘q qilingani ma'lum qilindi 

Foto: EPA

Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyada 3 yillik operatsiya davomida 85 ming terrorchini yo‘q qilgan. Bu haqda Rossiya federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Viktor Bondarev ma'lum qildi. 

“Aviatsiya nishonga olish vositalarini qo‘llashning yuqori aniqligini ta'kidlab o‘tmoqchiman. Harbiy-koinot kuchlarining barcha zarbalari terrorchilarning obektlariga aniq berilgan va berilmoqda. 3 yil ichida terrorchilarning yo‘q qilingan obektlari (o‘q-dori omborlari, shtablar) o‘n minglabga yetadi. O‘ldirilgan terrorchilar 100 mingga yetadi, ulardan taxminan 85 mingi bizning harbiy-koinot kuchlari xizmatidir”, deb aytgan Bondarev.   

Uning aytishicha, aviazarbalar natijasida jihodchilarning qoyalar va tog‘li posyolkalardagi mustahkamlangan punktlarga tayangan mudofaasi yorib o‘tilgan, bu esa Suriya hukumat qo‘shinlarining barcha yo‘nalishlar bo‘yicha oldinga borishida hal qiluvchi hissa qo‘shgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid