Sport | 20:59 / 01.10.2018
36726
2 daqiqa o‘qiladi

MMA jangchilari ringda charchab qolganidan so‘ng jang qilishni istamay qolishdi 

Aralash yakkakurashlar (MMA) jangchilari Bob Sapp va Osunaarasi Kintaro o‘rtasidagi jangda raqiblar bir-birlariga deyarli zarba berishmadi va aksariyat vaqtlarini nigohlar orqali kurashish bilan o‘tkazishdi. Jang videosi Twitter’dagi The MMA Bible akkauntida e'lon qilindi.

Ushbu jang Yaponiyaning Saytama shahrida bo‘lib o‘tdi. Vazni 150 kilodan oshiq bo‘lgan bu sportchilar uchun alohida qoida joriy etildi: ular har biri uch daqiqadan bo‘lgan uch raund davomida jang olib borishlari kerak edi. Dastlabki ikki raundda ular jang olib borishdi, uchinchi raundga kelib esa bir-birlariga deyarli zarba berishmadi. Ularni referining jangga chorlashi ham aytarli foyda bermadi. 

Bu jangda hakamlar ovozi bilan Sapp g‘alaba qozondi.

Mavzuga oid