Jahon | 21:13 / 01.10.2018
22145
1 daqiqa o‘qiladi

Raj Kapurning rafiqasi vafot etdi

Hindistonlik mashhur aktyor va rejissyor Raj Kapurning bevasi Krishna Raj Kapur 1 oktabrda Mumbayda 87 yoshida vafot etdi. Marhuma Kapurlar sulolasining eng keksa vakili bo‘lgan. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li, aktyor va rejissyor Randxir Kapur onasi yurak kasali sababli hayotdan ko‘z yumganini ma'lum qilgan.  

“Onam soat 5:00 atrofida yuragi to‘xtatishi sababli vafot etdi”, deb aytgan Randxir.

Raj Kapur va Krishna Raj Kapur aktyor oilalaridan bo‘lgan va yirik kinematografik oila asoschilari hisoblanadi. Ularning 5 farzandi bor: 3 o‘g‘li – Randxir Kapur, Rishi Kapur va Rajiv Kapur (barchasi aktyor va rejissyor) hamda Ritu va Rima ismli 2 qiz farzandi.

Mashhur aktyorning o‘zi esa 1988 yil 2 iyunda vafot etgan.