Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

27-28 sentabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘tkazildi.
O‘n oltinchi yalpi majlis davomida jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlash va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan 21ta masala, shu jumladan, 14ta qonun ko‘rib chiqildi.
Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama etildi.
Qonun jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi jinoiy, jinoiy-protsessual va ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgani qayd etildi.
Jumladan, Qonunda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Shuningdek Qonunda hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida bo‘lgan shaxsga shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etganlik uchun ma'muriy javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, noqonuniy aralashganlik hamda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiluvchi boshqa huquqbuzarliklar uchun jinoiy va ma'muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Muhokama chog‘ida Qonun qabul qilinishi jamoat xavfsizligini ta'minlashning qonunchilik asoslarini mustahkamlashga ko‘maklashishi qayd etildi. Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e'lon qilingach yuridik kuchga ega bo‘ladi.
So‘nggi yangiliklar
-
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi
O‘zbekiston | 22:06
-
Uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi, Xorazmda hokim o‘rinbosari 8 yilga qamaldi va Toshkentda 11 yosh qizni tok urdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:59
-
«Krokus»dagi terakt bo‘yicha tergov ishi yakunlandi
Jahon | 21:41
-
Chilida dunyodagi eng katta teleskop birinchi sinov tasvirlarini uzatdi
Fan-texnika | 21:36
Mavzuga oid

16:22 / 20.05.2025
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi

15:39 / 29.04.2025
Ekstremizmni moliyalashtirish Jinoyat kodeksiga kiritiladi

14:03 / 11.12.2024
Ommaviy tartibsizliklar tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

20:58 / 04.11.2024