Jahon | 19:13 / 02.10.2018
19309
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR qancha yadro quroliga egaligi aytildi

Foto: REUTERS

KXDR 20tadan 60tagacha yadro quroli birligiga ega, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi Janubiy Koreyaning birlashuv ishlari bo‘yicha vaziri Cho Men Gyunning bayonotiga asoslanib.

Janubiy Koreyaning yuqori martabali vazirining parlamentga aytishicha, Seul Shimoliy Koreyaning yadroviy arsenali salohiyatini 20tadan 60tagacha bomba miqdorida baholaydi, deyiladi materialda. Bu ma'lumotlar Koreya Respublikasining milliy razvedka xizmatidan olingan, deya aniqlik kiritdi vazir.

Agentlikning ta'kidlashicha, ehtimol, vazir Cho Men Gyun KXDR yadroviy arsenali haqidagi ma'lumotni tasodifan oshkor etib qo‘ygan bo‘lishi mumkin, sababi buni Janubiy Koreya parlamentdagi yig‘ilish vaqtida deputatdan kelib tushgan savollardan biriga javob qaytayotgan paytda aytib o‘tgan.

Keyinchalik vazirlikdan ma'lum qilishlaricha, Cho Men Gyunning izohi Janubiy Koreya Shimoliy Koreyani yadro quroliga ega kuchli davlat sifatida qabul qilishini anglatmaydi, Seulning Shimoliy Koreyani yadrosizlantirish bo‘yicha diplomatik sa'y-harakatlari davom ettiriladi, deyiladi materialda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya qurolsizlantirilgan hududni minalardan tozalashga kirishgandi.

Mavzuga oid