Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro savdo hududini tashkil etish taklifini bildirdi
Foto: Shutterstock
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkiston viloyatining ijtioiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Nazarboyev yig‘ilishda “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo hududini tashkil etish imkonini ko‘rib chiqish kerakligini aytgan.
“Bu ham Turkiston viloyati, ham butun respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga impuls beradi. Bizda O‘zbekiston bilan 2020 yilgacha savdo aylanmasini 5 mlrd dollargacha oshirish salohiyati mavjud. Shu munosabat bilan hukumatga Turkiston viloyati hokimiyati bilan birga O‘zbekiston bilan xalqaro savdo hududi va “Turkiston” deb nomlangan yangi xalqaro o‘tkazish punktini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishni buyuraman”, deb aytgan Nazarboyev.
Uning ta'kidlashicha, Turkmanistonda turizm, qurilish va ishlab chiqarish sohalarida biznesni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirishga qaratiladigan maxsus iqtisodiy hududni yaratish dolzarb hisoblanadi.
“Turkistonni zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda madaniyatimizga mos ravishda o‘zgartirish lozim. Shu bilan birga uning qadimiy arxitekturasini saqlab qolish lozim”, deb aytgan Qozog‘iston prezidenti.
Nazarboyev uchrashuv yakunida Turkistonni rivojlantirish bosh rejasi konsepsiyalarini tasdiqlash hamda “Turkistan” iqtisodiy hududini tashkil etish haqidagi farmonlarni imzolagan.
Mavzuga oid
11:46 / 09.01.2025
“Qozoqgeyt” ishi – AQSh Qozog‘iston prezidenti va bosh vazirini nimada ayblagan edi?
21:48 / 04.01.2025
To‘qayev davlat gazetasiga intervyu berib, Nazarboyevni ochiq tanqid qildi
19:24 / 03.01.2025
«Siyosiy andishasi bilan ajralib turmagan» - To‘qayev Nazarboyev haqida
16:27 / 03.01.2025