Ma'lumotlarga köra, Jyenevada har bir fuqaro bir kunda 800 gramm atrofida çiqindini paydo bölişiga sababçi böladi. Töplangan çiqindi Roden daryosi böyida joylaşgan Şenever zavodida yoqib yuboriladi. Bu Şveytsariyadagi eng katta zavod va uning qurilişi uçun hukumat 255 million frank miqdorida mablağ ajratgan. Zavod 2020 yilga borib, qöşimça 100 ming tonna axlatni yöq qiliş imkoniyatiga ega böladi. Şunga qaramay, Şveytsariyada yagona Jyeneva kantonligi aholisi çiqindi uçun soliq tölamaydi. Gap şundaki, federal majburiyatga köra, çiqarilayotgan maişiy çiqindining 50 foizi qayta işlanişi lozim va buning uçun soliq joriy etilgan.  Hozirça kanton xalqi belgilangan çegaradan ötmadi.

Çiqindiga qarşi kuraşning turli usullari

Şaharda joriy etilgan yangilik quyidagiça: kanton ma'muriyati La P’tite Poubelle Verte nomli yaşil çelakni muomalaga kiritgan.

Unga faqat oziq-ovqat qoldiği, undan çiqqan çiqindi uloqtiriladi. Fuqarolarning şiori «Axlatni yoqmasdan, uni qayta işlaş»​ bölib, bu iş bilan xususiy kompaniyalar şuğullanadi. Kompaniya va uning mijozlari çiqindi qaçon, qay uslubda töplab, belgilangan joydan olib ketişni özaro hal qiladi.

Qayta işlaşning aniq ikkita foydasi bor: tabiiy zaxiralarning behuda sarflanişini töxtatadi va bundan taşqari u energiya tejamkor sanaladi. Qolaversa, çiqindi çiqaruvçi xöjalik egalari uçun ham uni turli qutilarga joylaş murakkab işni tuğdirmasa kerak.

Masalan, şaharda maişiy çiqindining 8 foizini şişa idişlar taşkil etadi. Ular, asosan, qizil, yaşil yoki jigarrangda böladi. Agar foydalanişdan taşqari şişalar axlat yaşiklariga rangiga qarab, saralangaç, taşlansa, uni qayta işlaş oson böladi. Agar aralaş taşlansa, undan faqat yaşil şişa tayyorlaş mumkin. Organik çiqindilar esa tarkibida 90 foizgaça suyuqlik (köpinça suv) saqlaydi, şuning uçun uni yoqib yuboriş qiyin. Elektron va ayrim texnik vositalarni qayta işlaşning imkoni bor, ammo kimyoviy mahsulotlar bulardan xoli. Şu tufayli, unsurlar uçun alohida quti tayyorlangan.

Köçalarda temirdan yasalgan tik tutqiçlarga qoplama örab qöyiladi. Belgilangan vaqtda qoplama almaştiriladi. Şunday qilib, şaharda çiqindi taşlaş uçun joyni topiş muammo emas.

Alişer Rözioxunov,
KUN.UZ muxbiri. Jyeneva