21:54 / 03.10.2018
31574

AQShda boshqa prezident yo‘q va bori bilan ishlaymiz – Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “AQShda boshqa prezident yo‘qligi” sababli  amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan keyin ham ishlashda davom etishga tayyorligini bildirgan.   

“AQShda boshqa prezident yo‘q, boshqa AQSh ham yo‘q. Biz bori bilan ishlaymiz”, deb aytgan Putin “Rossiya energetika haftaligi” forumi yalpi yig‘ilishida.

Putin AQShning dunyodagi eng yirik davlat ekani va ko‘p jihatlardan yetakchiligini tan olib, Rossiya sanksiyalarga qarshi tegishlicha javob berishni davom ettirishini aytgan.

“Biz javob bermoqdamiz, buni avvalambor o‘zimizga ziyon yetkazib qo‘ymaslik uchun juda bosiqlik bilan amalga oshirmoqdamiz. Biz keyin ham shunday qilamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Putin. 

Rossiya prezidentining ta'kidlashicha, Rossiyada anchadan beri sanksiyalar ularni joriy qiluvchilarga ziyon yetkazishi haqida qarorga kelingan.

Top