Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning eng boy odamlari reytingida 24 yil ichida ilk bor yetakchi o‘zgardi
Forbes jurnali chop etadigan, AQShning eng boy odamlari reytingida 24 yil ichida ilk bor yetakchi o‘zgardi. Endilikda reytingning birinchi pog‘onasini Amazon asoschisi Jyeff Bezos egallaydi.
Bungacha 1994 yildan beri reytingning eng yuqori pog‘onasini Microsoft asoschisi Bill Geyts egallab kelgan. Bezosning hozirgi boyligi 160 mlrd dollarga (2017 yilga nisbatan 78,5 mlrd dollar ko‘proq), Geytsniki 97 mlrd dollarga baholanmoqda.
Reytingning 3-pog‘onasini milliarder Uorren Baffet egallamoqda.
Bezos mart oyida ham dunyoning eng badavlat odamlari reytingining birinchi pog‘onasiga ko‘tarilib olgandi. O‘shanda uning boyligi 112 mlrd dollarga baholangan.
AQShning eng badavlat 10 odamining umumiy boyligi 730 mlrd dollarni tashkil qilmoqda va 2017 yildagiga nisbatan 20 foizga oshgan. Boyligi eng ko‘p miqdorga oshgan milliarder Twitter bosh direktori Jyek Dorsi bo‘lgan: uning boyligi yillik ifodada 186 foizga oshib, 6,3 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Reytingning “omadsizi” esa Jorj Soros bo‘ldi: uning kapitali deyarli 3 martaga – 2017 yildagi 23 mlrd dollardan 8,3 mlrd dollargacha kamaygan. Bunga milliarderning “Ochiq jamiyat” xayriya jamg‘armalariga 18 mlrd dollar o‘tkazgani sabab bo‘lgan. Jurnalning ta'kidlashicha, xayriyaga tikiladigan mablag‘lar milliarderlar boyligini hisoblashda e'tiborga olinmaydi.
Mavzuga oid
23:08 / 29.01.2026
Tramp Putinning Ukrainaga zarbalarni bir haftaga to‘xtatishga roziligini aytdi
20:27 / 29.01.2026
AQSh Eronga hujum qilmoqchi: Amerikaning motivlari va shartlari nimalar?
16:17 / 29.01.2026
Rossiya IIV: politsiyada kadrlar yetishmovchiligi 40 foizgacha yetmoqda
15:13 / 29.01.2026