22:20 / 03.10.2018
6786

Superliga. «Paxtakor» safarda, «Bunyodkor» o‘z uyida g‘alaba qozondi

O‘zbekiston Superligasi navbatdagi turi doirasida ikki o‘yin o‘tkazildi. 

«Paxtakor» safarda «Metallurg» bilan bellashib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 43-daqiqada Sayfiyev hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqada Sergeyev farqni ikkitaga yetkazdi. So‘nggi daqiqada Sergeyev hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Bu natijadan so‘ng, «Paxtakor»  24 ochko bilan 2-o‘rinda, «Metallurg» esa 10 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. 

Tur doirasidagi yana bir uchrashuv «Qo‘qon-1912» va OKMK o‘rtasida kechib, bu uchrashuvda mezbonlar 1:2 hisobida yutqazdi.

41-daqiqada Muzaffar Muzaffarov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 70-daqiqada Suhrob Berdiyev hisobni tenglashtirdi. 87-daqiqada Azamat Isroilov mehmonlarga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Bu natijadan so‘ng, «Qo‘qon-1912» 14 ochko bilan 4-o‘rinda, OKMK esa 22 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 

Kunning uchinchi uchrashuvida, «Bunyodkor» o‘z maydonida «Navbahor» bilan bellashdi va 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollar Aziz Haydarov va Abdulla Abdullayev hisobiga yozildi.

Bu natijadan so‘ng, «Navbahor» 21 ochko bilan 3-o‘rinda, «Bunyodkor» esa 20 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. 

Superliga, 26-tur
Metallurg (Bekobod) - Paxtakor (Toshkent) - 0:3
Gollar: Farruh Sayfeyev (43), Igor Sergeyev (69, 90)

Qo‘qon-1912 (Qo‘qon) - OKMK (Olmaliq) - 1:2
Gollar: Suhrob Berdiyev (70) - Muzaffar Muzaffarov (41), Azamat Isroilov (87)

Bunyodkor (Toshkent) - Navbahor (Namangan) - 2:0
Gollar: Aziz Haydarov (31), Abdulla Abdullayev (60)

Top