Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta oxiriga borib ayrim hududlarda havo sovib, yog‘ingarchilik kuzatiladi
O‘zbekistonda hafta oxiriga borib havo harorati o‘rtacha 10 darajagacha tushib ketadi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar bermoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Ob-havo biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Faqatgina 6 oktabrda ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Havo harorati 5 oktabr kuni kechasi 10-15, kunduzi 25-30, 6-8 oktabr kunlari esa kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Ob-havo biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Faqatgina 7 oktabrda ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Havo harorati 5 oktabr kuni kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 6-8 oktabr kunlari esa kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. 5-6 oktabr kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. 7-8 oktabr kunlari esa ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Havo harorati 5-6 oktabr kunlari kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 7-8 oktabr kunlari esa kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. 5-6 oktabr kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. 7-8 oktabr kunlari esa ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi. Havo harorati 5-6 oktabr kunlari kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 7-8 oktabr kunlari esa kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. 5-7 oktabr kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. 8 oktabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechasi 10-15 daraja iliq, 5-6 oktabr kunlari kunduzi 25-30 issiq, 7-8 oktabr kunlari esa 13-18 darajagacha tushib ketadi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Ob-havo biroz bulutli, 5-6 oktabr kunlari yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. 7-8 oktabr kunlari esa yog‘ingarchilik kuzatiladi. Havo harorati 5-6 oktabr kunlari kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq, 7-8 oktabr kunlari kechasi 2-7 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.