18:37 / 03.10.2018
26037

O‘zbekistonda yangi ko‘krak nishoni ta'sis etildi

“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini ta'sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Nizomga ko‘ra, ushbu ko‘krak nishoni bilan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar, talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar, shuningdek, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanadi.

Mazkur ko‘krak nishoni bilan mukofotlash Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshiriladi.

“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish va taqdirlash tartibi quyidagicha:

Top