Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning bir qator kompaniyalari serverlarida Xitoyning ayg‘oqchi mikrochiplari aniqlandi
AQShning bir qator kompaniyalari, jumladan Apple va Amazon serverlarida Xitoyning ayg‘oqchi mikrochiplari aniqlandi. Umumiy hisobda bu chiplar AQShning deyarli 30 korxonasi serverlarida aniqlangan. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, chiplar yordamida hujum AQShning Super Micro Computer Inc. (Supermicro) kompaniyasi orqali amalga oshirilgan.
Xitoylik ishlab chiqaruvchilarni AQShga yetkazib beriluvchi serverlarga mikrochiplarni o‘rnatishni Xitoy qurolli kuchlari bo‘linmalaridan biri majburlagan.
Bu chiplar o‘lchami bo‘yicha guruch donidek keladi. Chiplar serverlar ustidan nazoratni qo‘lga olib, ma'lumotlarni filtrlagan va “troyan” dasturiy kodini kiritgan.
Hujum sodir etilgani Apple va Amazon’da ichki tergov o‘tkazilgandan keyin aniqlangan. Biroq qanday ma'lumotlar sizib chiqqani ma'lum qilinmagan.
Apple va Amazon’da Bloomberg ma'lumotlari rad etilmoqda.
Insayderlardan birining aytishicha, hujumdan asosiy maqsad AQSh mudofaa vazirligining ma'lumotlarni qayta ishlash serverlari, harbiy-dengiz kuchlari harbiy kemalari bort tarmoqlari va Markaziy razvedka boshqarmasi uchuvchisiz qurilmalari operatorlari bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:19
Eron o‘z qo‘shnilarining fuqarolik obektlarini bombalashi to‘g‘rimi?
22:43 / 21.03.2026
«Mujtaba jumbog‘i» AQSh va Isroilni Eronning haqiqiy yetakchisini izlashga majbur qilmoqda
21:39 / 21.03.2026
Eron birinchi marta Yaqin Sharqdan tashqaridagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi
20:52 / 21.03.2026