Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi vazirligi: nohaq bo‘shatilgan maktab direktori o‘z lavozimiga tiklandi
Illyustrativ foto
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan 31-sonli umumta'lim maktabi direktori lavozimidan nohaq ishdan bo‘shatilgan Nuriya Semmari lavozimiga tiklandi, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati.
2018 yilning avgust oyi so‘ngida Xalq ta'limi vazirligining “Ustoz ovozi” virtual inspektor tizimining telegramm botiga ushbu maktab bitiruvchilari, hozirda Rossiyada va Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi Guseyn Nadjafov va Oksana Kimlar murojaat qildilar, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ular o‘z murojaatlarida tajribali, o‘z ishining ustasi va mahoratli pedagog, 31-sonli umumta'lim maktabi direktori Nuriya Semmari egallab turgan lavozimidan nohaq ishdan olingani va Xalq ta'limi vazirligidan ushbu holatni atroflicha o‘rganib chiqishni so‘raganlar.
Xalq ta'limi vazirligining Nazorat-huquqiy xizmati xodimlari ushbu murojaatlarni o‘rganib chiqdilar va Nuriya Semmari 31-sonli umumta'lim maktabi direktori lavozimidan nohaq bo‘shatilgani aniqlandi, deyiladi vazirlik xabarida.
Shundan so‘ng, Nuriya Semmari direktorlik faoliyati davomida samarali ishlagani va yuqori natijalarga erishganini inobatga olgan holda vazifasiga qaytarilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan murojaat qilgan shaxslar quyida o‘z munosabatlarini bildirishgan:
“Bizning murojaatimizga befarq bo‘lmaganingiz va e'tibor berganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Mirobod tumanidagi 31-umumta'lim maktab direktori Semmari Nuriya Maxmudovnaning lavozimiga qaytgani barchamizga katta quvonch bag‘ishladi. Boisi Semmari Nuriya o‘z kasbining fidoyisi. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki hozirgi kunda xalq ta'limi tizimida aniq va to‘g‘ri olib borilayotgan islohotlarga guvoh bo‘ldik”, - deb ta'kidlagan Guseyn Nadjafov.
Mavzuga oid
22:20 / 16.04.2026
Toshkent shahrining 12 ta tumani ma’lum bir sanoat yoki xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga ixtisoslashtiriladi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
10:16 / 15.04.2026
Toshkent to‘y oshi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
19:34 / 13.04.2026