3 oktabr oqshomida Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida 2-tur uchrashuvlari davom ettirildi. «Tribuna» guruhlarda 2-turdan keyin yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qiladi.

Grizmanning tarixiy goli
A guruhi
«Atletiko» (Ispaniya) – «Bryugge» (Belgiya) 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 28 Grizmann, 1:1 – 39 Dandjuma, 2:1 – 67 Grizmann, 3:1 – 90 Koke.
Atletiko – Oblak, Ximenes (Filipe Luis, 46), Godin, Lyuka Ernandes, Parti (Korrea, 63), Aryas, Saul, Lemar, Koke, Diyego Kosta (Rodri Ernandes, 69), Grizmann.
Bryugge – Letitsa, Pulen, Mexele, Densvil, Vlitink (Mata, 56), Vormer, Rits (Openda, 75), Vanaken, Dandjuma, Sxreyvers (Nakamba, 56), Uesli.
Ogohlantirishlar: Rits (27), Ximenes (36), Openda (81), Lyuka Ernandes (85).

Belgiya vakili bu guruhda yaqqol autsayder. Ammo birinchi turda belgiyaliklar «Borussiya»ni asabiylashishga majbur etishgandi. Madridda ham «matraschilar» oson g‘alabaga erishganlari yo‘q. O‘yinning birinchi bo‘limida mehmonlar faqat Grizmannga qarshi chora ko‘ra olishmadi, fransiyalik hujumchi o‘z texnikasini namoyish etib, chiroyli gol urdi.

Endi barcha «Bryugge» sochilib ketishini kutayotgandi, lekin birdan hisob tenglashdi. Dandjuma nafaqat kunning, balki Chempionlar haftasining eng chiroyli golini urdi. U to‘pni aylantirib, darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi, hatto Oblakda ham bu to‘pni qaytarish uchun hech qanday imkoniyat yo‘q edi.