«MYu» – «Çelsi» – yakşanba kuni Yevropadagi asosiy öyin edi. «Yunayted» Erik ten Hag ketganidan keyin impulsga ega böldi, «Çelsi» esa oldingi mavsumlardagiga qaraganda ança barqaror öynamoqda. Londonliklar 11 yillik noxuş an’anasiga barham berib, nihoyat «Old Trafford»da ğalaba qozonsa, turnir jadvalida uçinçi öringa kötarilib olişi mumkin edi.
Öyin ança oçiq keçdi. Epizodlardan birida töp beş soniya içida beş marta u raqibdan bunisiga ötdi. Ikki jamoa ham töpni şunçaki oldinga tepib yubormasdan, yerdan öynaşga harakat qildi. Lekin ikki jamoada ham bu tahlikali vaziyatlarga sabab böldi. Bir safar Onana jarima maydoni markazida turgan Kazemiroga pas berişda qaltis harakat qildi va Kaysedo bosim uyuştirib, töpni olib qöyişi mumkin edi. Boşqa holatda Jyeyms xato pas tufayli töpni oldirdi va raqib qarşi hujumga çiqib ketdi.
Birinçi bölimda kim yaxşiroq öynaganini aniq aytiş qiyin. Ustunga zarba yöllaş böyiça esa hisob teng edi. Avvaliga Madueke burçakdan oşirib berilgan töpni darvoza ustuni tomon yölladi, bölim oxirida esa Raşford yaqin masofadan turib tepgan töp ustun va tösin tutaşgan joyga bordi.
«MYu» tezkor hujumlar evaziga vaziyatlar yaratdi. «Çelsi» bunday hujumlarni boşlanğiç bosqiçdayoq töxtatişga urindi va bir neça vaziyatda Onanaga töpni öyinga kiritişga xalaqit qilişdi. Mehmonlar öyinni Palmerning ustunliklari evaziga qurişga urindi, ammo yakka uning sa’y-harakatlari yetarli emasdi.
Öyin ikkinçi bölimda ham şu ssenariyda davom etdi – ikki jamoa ham golga yaqinlaşa boşladi. Hisobni oçiş «MYu»ga nasib etdi. Avvaliga qarşi hujumda Garnaço ajoyib imkoniyatni qöldan çiqardi, keyin esa Hoylund penalti işladi. Daniyalik hujumçi yiqilişda biroz özidan qöşdi, ammo Sançes çindan ham töpga emas, raqib hujumçisi oyoğiga tegingandi.
Mavzuga oid
Brunu Fernandeş esa 11 metrdan aniq zarba yölladi. Bu uning Angliya çempionati joriy mavsumidagi ilk goli böldi. Bungaça u Yevropa top-5 ligalarida vaziyatlardan foydalaniş böyiça eng yomon körsatkiç qayd etayotgandi – 30 zarba va 0 gol.
«Yunayted» muxlislari quvonçi uzoqqa çözilmadi. Tört daqiqa ötib «Çelsi» burçak zarbasi ijro etdi, Kazemiro töpni boş bilan uzoqlaştirdi, Kaysedo jarima maydonidan çiqqan töpni bir urinişda darvoza töriga joyladi. Onana yaqin burçakka kelgan töpga barmoqlari bilan yetişga ulgurdi, ammo jamoasini qutqara olmadi – 1:1.
Köp ötmay de Ligt toyib ketdi va mehmonlarga yana bir xavfli vaziyat sovğa qildi. Zaxiradan öyinga qöşilgan Enso Fernades ham jarima maydoni çiziği atrofidan zarba yölladi, ammo töp tösin yuqorisidan ötib ketdi. Öyin oxirida «Çelsi» va «MYu» bir neça martadan yaxşi vaziyatlarga ega bölişdi. Mezbonlar ğalabaga yaqinroq edi, ammo Garnaço va Fernandes qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Öyindagi e’tiborga molik eng oxirgi epizod – Martinesning foli böldi Himoyaçi butsasining ostki qismi bilan Palmerning tizzasiga zarba berdi, ammo hakam sariq kartoçka bilan kifoyalandi.
11 noyabrgaça «qizil iblislar»ni boşqaradigan Rud van Nistelroy qatorasiga ikkinçi öyinda yutqazmayapti - jamoa ten Hag ketganidan keyin yaxşiroq öynamoqda. Lekin 1:1 hisobi köproq bu jamoalarning raqiblarini xursand qiladi. «MYu» kuçli törtlikka yaqinlaşiş imkonidan foydalana olmadi.
Mezbonlar birinçi bölimni hisobda ortda borgan holda yakunlaşdi. «Aston Villa»ga burçak zarbasi muvaffaqiyat keltirdi, Vikario oyoğiga taşlab bergan töpni Rodjyers mamnuniyat bilan darvoza töriga yölladi va qatorasiga uçinçi safar öyinida gol urdi. Standart vaziyatlardan gol uriş böyiça Unai Emeri jamoasi «Arsenal» bilan tenglaşib oldi (5 tadan). «Tottenhem» esa yil boşidan buyon ön ikkinçi bor öz arenasidagi öyinda raqibga hisobni oçişga imkon berdi. Şu bilan birga, şundan yetti holatda «şporlar» öyinni ğalabagaça olib bora olişgan, ikkinçi bölim boşida Son Hyon Min qanotdan Jonsonni golli uzatma bilan ta’minlaganida mezbonlar öz odatiy işini qilişga kirişdi.
Köp ötmay koreyalik futbolçi almaştirildi. Angelos Posteköğli bu bilan yaqinda jarohatidan tuzalgan asosiy yulduzini asraşni istadi. Sardorning maydonni tark etişi «Tottenhem» uç daqiqa içida Solankening dubli bilan mehmonlarni taslim qilişiga xalal bermadi. Hafta örtasida «Kristal Pelas»ga yutqazib, Liga kubogini tark etgan «Villa» haftani top-4 dan taşqarida qoliş bilan yakunlamoqda, «şporlar» esa özaro uçraşuvdagi ğalaba evaziga ikki oçkolik masofada yaqinlaşib oldi.
Ispaniya: «Barsa» törtta gol ötkazdi, uçtasi hisoblanmadi
Kataloniya derbisi taqdiri birinçi bölimdayoq hal böldi va bu çiroyli tarzda amalga oşirildi. Birinçi golli hujumda Yamal şvedka uslubidagi pasi bilan yana barçani hayratga soldi, «Espanol»ning ikki himoyaçisi orasidan ötgan töp darvoza qarşisidagi Dani Olmoga yetib bordi. Bölim oxirida uzoq masofadan qaytarib bölmas zarba yöllab, dublini nişonlagan uşbu yarimhimoyaçi «Barselona»da fantastik sermahsullikka erişmoqda — beş öyinda yetti bor darvoza sohasiga töğri zarba yöllab, beş gol urdi.
Umuman, bu mavsumda kök-anorranglilar safida köpçilik yaxşi öynamoqda. Kasado — içkaridan xavfli uzatmalar beradigan dispetçer, uning ikkinçi gol urilişida Rafinyaga bergan pasi derbi bezagiga aylandi. Jamoa yetakçisiga aylangan braziliyalik hujumçi navbatdagi çiroyli harakati bilan mavsumdagi gollari sonini yettitaga yetkazdi. «Barsa» mavsum startidagi 12 öyinda jami 40 bor raqiblar darvozalarini işğol etgan. Bu davr oraliğida bundan yaxşiroq sermahsullik faqat 1950/51 yillar mavsumida kuzatilgandi. Qolaversa, Hansi Flik Zinedin Zidanning debyut mavsumdagi samaradorlik böyiça natijasini takrorladi. Faqat germaniyalik mutaxassis şogirdlarining ikkinçi bölimdagi harakatlaridan qoniqiş hosil qilgani dargumon: «Barsa» darvozasi tört bor işğol etildi, ammo ularning faqat bittasi inobatga olindi, ikki gol ofsayd, tufayli, yana biri hujum vaqtida töp maydon çiziğini kesib ötgani uçun bekor qilindi. Bu Flik uçun ogohlik qönğiroği - uning himoya çiziğini oldinga çiqarişi asoslangan uslubi kun kelib pand berişi mumkin.
Nima bölganda ham, endi «Barselona» «Real»ni 9 oçkolik farq bilan ortda qoldirmoqda. Faqat madridliklarda zaxira öyini ham bor. Halokatli suv toşqinlari tufayli «Valensiya»ga qarşi öyin qoldirilgan.
Yigirma yil muqaddam — «Atletiko» safidagi töqqizinçi öyinida — «matrasçilar»ning hozirgi boş murabbiyi Diyego Simeone madridliklar jamoasi uçun ilk golini urgandi. Endi uning kenja öğli Juliano ham sakkizinçi öyiniga kelib gollar hisobini oçdi. Forvard Molinaning ança içkaridan uzatgan pasiga oçilib, himoyaçilardan qoçib ketgan holda olis burçakni nişonga olgaç, stadion hissiyotlardan portladi. Katta Simeone ham öz tabassumini yaşira olmasdi, uning öğli esa nafaqat goli bilan, balki «Atletiko» ramzini öpgan holda tomoşabinlarni xursand qildi.
Mezbonlar Çempionlar ligasidagi navbatdagi öyinni hisobga olgan holda köp kuç sarflamay öyinni ğalabaga olib bordi. Öyin oxirlarida Serlot De Paulning uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni işonçli körinişga keltirdi. Norvegiyalik hujumçi 2021 yilda Ispaniyaga kelganidan buyon 43 gol urgan. U bu borada faxriy hujumçi Yago Aspas bilan teng natija körsatmoqda, bu davrda faqat Levandovski (56), Vinisius Junior (47) va Benzema (46) undan köproq gol urişgan.
Mavsumni Veronada 0:3 hisobida mağlub böliş bilan boşlagan «Napoli» keyingi turlarda butkul özgardi. Jamoa töqqiz turda mağlub bölmadi va oraliqda atigi ikki gol ötkazib yubordi, Antonio Konte manziliga olqişlar yoğildi, jamoa esa turnir jadvalida yakkapeşqadam bölib oldi. Ammo bu yakşanbada Neapolga «Atalanta» taşrif buyurdi va Jan Piyero Gasperini janublik muxlislarga şafqat qilmadi. Birinçi bölimdayoq De Ketelare — Lukman juftligi öyin taqdirini hal qilişdi. Birinçi holatda belgiyalik yarimhimoyaçi töpni boşi bilan darvoza qarşisida turgan nigeriyalik jamoadoşiga yetkazib berdi. Ikkinçi holatda Lukman uzoq masofadan yöllagan zarbasi bilan Meretni ilojsiz ahvolga solib qöydi.
Bergamoliklar töpurari Retegi ham ortda qolişni istamadi. U bu safar ikkinçi bölim oxirlarida zaxiradan öyinga qöşildi va Bellanovaning uzatmasidan keyin çiroyli zarba berib, hisobni yiriklaştirdi. Bu Konte uçun A seriyada 2009 yil 7 noyabridan buyon eng yirik mağlubiyat böldi. E’tiborli jihati, öşanda Antonio «Atalanta» boşqaruvida özining qadrdon jamoasi «Yuventus»ga 2:5 hisobida yutqazgandi. U vaqtda bergamoliklar ança kamtar jamoa edi, oxirgi yillarda esa boş sovrin uçun kuraşmoqda.
Neradzurrilar Çempionlar ligasi öyini arafasida kuç tejab ötirmadi va «Venetsiya»ga qarşi öyin uçun eng yaxşi resurslarini taşladi, ammo birinçi bölim darvozabonlarga ataldi. Stankoviç eng yaxşi seyvini Mxitaryanga gol urişga imkon bermaganida amalga oşirdi, Zommer esa «Inter» tarbiyalanuvçisi Oristanioning yaqin masofadan yöllagan zarbasini qaytardi.
Şveytsariyalik darvozabon ikkinçi bölimda ham hisob 0:0 holatida qutqardi, töpga bir teginişda darvozaning yuqori burçagini işğol etgan Mxitaryanning goli esa bekor qilindi. Unga assistentlik qilgan Dimarko ofsayd holatida qolgani oydinlaşdi. Ammo u baribir töğri holatda turib Lautaro Martinesga golli uzatma berdi. Ammo bu hali öyin hal bölişi emasdi. Ketma-ket vaziyatlarni yöqqa çiqargan amaldagi çempionlar qöşib berilgan daqiqalarda oçkolardan quruq qolişi mumkin edi, ammo VAR mehmonlarning golini bekor qildi. Endi keyingi haftada Milanga keladigan «Napoli» bilan oradagi farq atigi bir oçkoni taşkil etmoqda.
Ötgan turda öz uyida «PSJ»ga qarşi keçgan klasikoda yirik hisobda yutqazgan (0:3) provansalliklar Nantdagi öyinni kuçli boşladi. Şunga qaramay, «kanareykalar» javob qaytara olişdi va jamoalar tanaffusga durang hisob bilan yöl olişdi. Mope va Kadevere qanotdan uzatmalardan keyin öxşaş gollar urişdi. Ikkinçi bölimda esa Grinvuda «Marsel»ga ğalaba keltidi. Angliyalik futbolçining goli Roberto De Dzerbi jamoasiga qöşimça körsatkiçlar böyiça «Monako»ni quvib ötib, ikkinçi öringa kötarilişda yordam berdi. Jamoa bu mavsum safar öyinlarini yaxşi ötkazmoqda, marselliklar öz tarixida uçinçi bor mavsum startidagi olti safar öyinidan beştasida ğalabaga erişdi.
Kun statistikasi
«Atletik» futbolçilari «Betis»ga qarşi öyinning birinçi bölimi davomida uç bor darvoza tösini va ustunlarini nişonga olişdi. La ligada oxirgi marta bunday omadsizlik 2022 yil «Levante»ga qarşi öyinda «Real» futbolçilari bilan kuzatilgandi.
«Fiorentina» öz tarixida 3-marta A seriyada qatorasiga tört safar uçraşuvida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. «Fialkalar» darvozasida de Xea paydo bölguniça bunday seriyalar 1966 va 2007 yillarda qayd etilgan.
«Tottenhem» yil boşidan buyon raqibi hisobni oçgan öyinlarda 8 bor irodali ğalabaga erişdi, bunaqasi faqat 2002 yilda «Nyukasl» bilan röy bergan.
Angelos Posteköğliga «Tottenhem» APLda 50 gollik nuqtaga yetişi uçun 24 uy uçraşuvi talab etildi. Bunday körsatkiçga faqat Antonio Konte bundan tezroq erişgan — 20 öyinda.