54 yillik “Qo‘ng‘iz” mashinasi million dollarlik narx bilan sotuvga qo‘yildi
Hemmings auksion uyi 1964 yilda ishlab chiqarilgan Volkswagen Beetle – “Qo‘ng‘iz” mashinasini sotuvga qo‘ydi. Mashina bir million dollarga baholangan. Mashinada bor-yo‘g‘i 35 km yo‘l yurilgan.
Qora rangli “Qo‘ng‘iz”ni 54 yil avval AQShning Portlend shahrida yashovchi avtomexanik Rudi Zvarich 1957 yilgi Volkswagen Beetle uchun ehtiyot qismlar sifatida qo‘llash maqsadida sotib olgan. Biroq bunga hojat bo‘lmagan va avtomobil shuncha vaqtdan beri garajda turgan.
Ta'kidlanishicha, mashina a'lo holatda bo‘lib, barcha qismlari, masalan, oyna tozalagichlari, g‘ildiraklari qopqoqlari, orqani ko‘rish oynalari original bo‘lib, o‘ralgan holatda saqlanib qolgan.
Ma'lumot uchun, 1938 yildan 2003 yilgacha Volkswagen Beetle’dan 21,5 mln dona ishlab chiqarilgan.
Mavzuga oid
22:16 / 28.10.2024
Volkswagen Germaniyadagi kamida uchta zavodini yopadi
08:30 / 26.09.2024
VW kasaba uyushmasi bilan ish haqi va qisqartirishlar bo‘yicha kelisha olmadi
13:49 / 05.09.2024
Volkswagen Germaniyadagi zavodlarini yopishga hozirlanmoqda
14:53 / 03.09.2024