Bo‘lajak «innovatorlar»da kitob yo‘q: O‘zbekistonning ayrim hududlarida darsliklar yetishmayapti
2018 yil 5 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida respublikamizdagi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarining davlat standartlari hamda talablari asosida yangi avlod darsliklari hamda o‘quv adabiyotlari bilan ta'minlanganlik darajasi nazorat-tahlil tartibida o‘rganish natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Parlament ma'lumotlariga ko‘ra, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim sohasida hozirgacha saqlanib qolayotgan, yechimini kechiktirib bo‘lmas muammolar ham talaygina. Xususan, o‘rganilgan tumanlarda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida o‘quvchilarning darsliklar bilan ta'minlanganlik darajasi pastligi aniqlandi.
Jumladan, Samarqand viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi ta'lim muassasalari ta'lim o‘zbek, rus va tojik tillaridagi 745079 to‘plam darsliklar bilan, ya'ni ortiqcha 63 669 to‘plam darsliklari bilan ta'minlangan bo‘lsa-da, 3-sinf bo‘yicha darsliklar 98 foizga ta'minlangan. Darsliklardan foydalanish muddatining 2 yillikdan 3 yillikka va 4 yillikdan 5 yillikka uzaytirilgani natijasida 2021 to‘plam darslik yetishmasligi aniqlandi. Viloyatdagi ta'lim o‘zbek tilida olib boriladigan 68970 nafar o‘quvchidan 67484 nafari darslik bilan ta'minlangan bo‘lib, 1486 to‘plam darslikka ehtiyoj mavjud.
Xorazm viloyatida ham darsliklar 3-sinflar uchun ta'lim rus tilida olib boriladigan maktablarda 96,4 foiz, ta'lim qozoq tilidagi maktablarda — 67, 4-sinflar uchun o‘zbek maktablarida — 98,8, qozoq maktablarida — 82, 5-sinflar uchun qozoq tilli maktablarda — 68, turkman tilida dars beradigan maktablarda — 70 foizga, 11-sinflar uchun ta'lim turkman tilida olib boriladigan maktablarda 86 foizga darsliklar bilan qamrab olingan, xolos.
«Umuman olganda, yangi o‘quv yilining ikkinchi oyi boshlanganiga qaramasdan, respublikadagi umumta'lim maktablari bo‘yicha tillar va sinflar kesimida yetishmaydigan darsliklarni Xalq ta'limi vazirligi tomonidan qayta taqsimot qilish ishlari haligacha nihoyasiga yetkazilmagan», - deyiladi qo‘mita xabarida.
Shuningdek, yig‘ilishda o‘rganilgan o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida ham darslik va o‘quv adabiyotlar, jumladan, umumta'lim fanlari, umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha yangi avlod darsliklari, o‘quv adabiyotlari bilan ta'minlanganlik holati talab darajasida emasligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
18:07 / 16.10.2024
Oliy Majlis saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi
17:44 / 20.09.2024
«Haddini bilmaganlarni mehmon deyolmaymiz» – O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul chet elliklar ro‘yxati yuritiladi
23:26 / 25.06.2024
2024 yilning 5 oyi davomida yo‘l-transport hodisasi oqibatida 65 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi - Senat
22:58 / 25.06.2024