16 oktyabrdan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari saylovida muddatidan oldin ovoz beriş jarayoni boşlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, 27 oktyabr kuni ötkaziladigan saylovda öz yaşaş joyida bölmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz beriş huquqiga ega.

Saylov uçastkasida muddatidan oldin ovoz beriş vaqti iş kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam oliş kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar amalga oşiriladi.

Muddatidan oldin ovoz beriş 16 oktyabr kuni boşlanib, 23 oktyabr kuni yakunlanadi.