Oliy Majlis senatining 20 sentabr kungi yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasida çet el fuqarolarining va fuqaroligi bölmagan şaxslarning huquqiy holati töğrisida»gi qonunga qöşimçalar kiritiş haqidagi qonun loyihasi körib çiqildi va senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Uşbu qonunga köra, «Özbekistonda bölişi nomaqbul deb topilgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar röyxati» yuritiladi.

Unga Özbekiston davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga zid bölgan, davlatlararo ijtimoiy, irqiy, diniy va milliy adovatni keltirib çiqaruvçi, Özbekiston xalqi şa’ni, qadr-qimmati va tarixini tahqirlovçi ommaviy çiqişlar hamda harakatlar sodir etgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar kiritiladi.

Röyxatni yuritiş tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, Taşqi işlar vazirligi tomonidan yuritiladi. Bunday şaxslarni röyxatga kiritiş Oliy Majlis palatalarining kengaşlari hamda maxsus vakolatli organlarning taqdimiga binoan amalga oşiriladi.

Özbekiston hududida bölişi nomaqbul deb topilgan çet el fuqarolari yoki fuqaroligi bölmagan şaxslarga 5 yil davomida Özbekistonga kiriş, banklarda hisobvaraq oçiş, köçmas mulk sotib oliş, davlat mulkini xususiylaştirişda iştirok etiş, moliyaviy va şartnomaviy munosabatlarga kirişişi taqiqlanadi (Ular Özbekistonda hududidagi öz mulkini sotişi yoki hadya qilişi mumkin).

Şuningdek, mamlakatda bölişi nomaqbul deb topilgan şaxs şunday mazmundagi Taşqi işlar vazirligi xabarnomasini olgan kundan e’tiboran 10 kun içida ixtiyoriy ravişda Özbekistondan çiqib ketişi kerak. Agar uşbu muddat içida ixtiyoriy ravişda çiqib ketmasa, mazkur şaxs içki işlar organlari va boşqa vakolatli organlar tomonidan deportatsiya qilinadi, ya’ni majburiy tarzda çiqarib yuboriladi.

Qonunbuzarning röyxatda böliş muddati 5 yil hisoblanadi, agar u uşbu muddatda röyxatga kiriş uçun asos bölgan sabablarni bartaraf qilsa, muddatidan ilgari röyxatdan çiqarilişi mumkin

«Tinçlik, osoyiştalikka raxna soluvçi bunday çiqişlar keng jamoatçilikda çuqur xavotir uyğotmoqda. Milliy qonunçilikda bunday çiqişlarni sodir etgan çet elliklar va fuqaroligi bölmagan şaxslarga nisbatan huquqiy ta’sir çoralarini qöllaş nazarda tutilmagan. Vaholanki, bunday qilmişlar tufayli davlat va jamiyat manfaatlariga sezilarli darajada zarar yetişi mumkin», – deydi senator Anvar Töyçiyev.

«Hamma davlat özining ehtiyot çorasini köryapti. Siyosatimiz, qonunlarimiz haqida fikr bildiriş uçun hamma imkoniyatlar bor. Şunga qaramay, haddini bilmasdan, mamlakatimiz xavfsizligiga tahdid soladigan gaplarni tarqatadiganlar ham bor-da. Biz bundaylarni mehmon deyolmaymiz. Butun dunyoda şunaqa, axloq buzilgan joyda qonun paydo böladi. Biz juda töğri qilyapmiz, undaylarni kiritmaslik kerak», — dedi senator Farmon Toşev.