Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangan fuqaro davlatga 66 mln so‘m zarar yetkazgan
Foto: mib.uz
Majburiy ijro byurosi Olmazor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda suv iste'moli sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektr energiyadan foydalanishining qonuniyligi hamda to‘lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazildi.
Unda tumandagi Valijon Jumayev 7-tor ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro B.Q. xonadoniga o‘rnatilgan elektr hisoblagichga tashqi ta'sir ko‘rsatilib, fuqaro B.Q. tomonidan hisoblagichni ko‘rsatgichini o‘zgartirganligi natijasida davlat manfaatlariga 66 865 583 so‘m zarar ko‘rsatilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumanidagi Valijon Jumayev 7-tor ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro B.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan ayblilik masalasi hal qilinmasdan turib jinoyat ishi rad qilingan.
B.Q. tomonidan yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplanishi ta'minlangan.
Mavzuga oid
18:15 / 12.05.2026
Toshkentda ko‘cha bo‘yidagi drenaj ariqchasi beton bilan to‘ldirib tashlandi
18:41 / 11.05.2026
Toshkentda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
13:59 / 07.05.2026