Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xususiy maktablarga attestatlar topshirishga ruxsat beriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Nodavlat ta'lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat loyihasiga muvofiq, O‘zbekistonda nodavlat ta'lim muassasalari bitiruvchilariga attestatlar berilishi Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasi tomonidan yakuniy attestatsiyaga qo‘yilgan bitiruvchilar sonidan kelib chiqqan holda attestatlar berish uchun xususiy maktablardan kelib tushgan murojaatlar asosida amalga oshiradi.
Shu bilan birga, Davlat inspeksiyasi xususiy maktab bitiruvchilariga beriladigan attestatlar namunalarini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ta'kidlanishicha, nodavlat ta'lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan attestatlar ularga keyingi darajadagi ta'lim muassasalarida ta'limni davom ettirish huquqini beradi.
Ikki oylik muddat ichida Davlat inspeksiyasiga Vazirlar Mahkamasiga xususiy maktablar bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlashga kiritish vazifasi topshiriladi.
Mavzuga oid
11:55 / 09.09.2022
110-maktabda kiyinish xonasiga kameralar o‘rnatilishi bilan bog‘liq mojaro kelib chiqdi
16:02 / 08.09.2022
Respublika ta’lim markazi rahbari yangi darslikka tadbirkor Murod Nazarov haqida ma’lumot qo‘shilganiga izoh berdi
22:46 / 07.09.2022
Nega XTV darsliklar ijarasini bepul qilishni avvalroq taklif qilmagan? Vazir o‘rinbosari izohi
19:28 / 07.09.2022