Paraosiyo o‘yinlari. Dzyudoda yana 4 ta medal qo‘lga kiritildi
Paraosiyo o‘yinlarida bugun dzyudo bo‘yicha musobaqalar davom ettirildi. Unda O‘zbekistonning 4 vakili medallar uchun kurash olib bordi va ularning barchasi shohsupaga ko‘tarilishning uddasidan chiqdi.
-73 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Feruz Saidov janubiy koreyalik Seungjun Yang bilan bo‘lgan bahsda jarohat oldi va kumush medal bilan kifoyalandi. -81 kg vazn toifasi vakili Nurbek Mirzayev ham oltin medal uchun kechgan bahsda janubiy koreyalik raqibga duch keldi. Nurbek Yungmin Li bilan bahsda g‘olib chiqib, chempionga aylandi.
Dzyudo bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda -57 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Nafisa Sheripboyeva hal qiluvchi jangda xitoylik Lin Jilianga mag‘lub bo‘ldi va delegatsiya hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shib qo‘ydi. -63 kg vaznda gilamga chiqqan Parvina Samandarova bronza medaliga ega chiqdi.
Shu tariqa, 9 oktabrda O‘zbekiston vakillari hozircha 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Umumiy hisobda medallar soni 25 taga yetdi, shundan 15 tasi oltin.
Eslatib o‘tamiz, dzyudo bo‘yicha kechagi musobaqalarda ham gilamga chiqqan 4 nafar o‘zbekistonlik sportchilarning barchasi shohsupaga ko‘tarilgan edi. Sherzod Namozov (-60kg) va O‘tkir Nig‘matov (-66kg) oltin, Lobar Hurramova (-48kg) kumush va Sevinch Sallayeva (-52kg) bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.
Mavzuga oid
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024
Parij-2024, dzyudo. O‘zbekiston aralash jamoaviy dasturni medalsiz yakunladi
20:52 / 02.08.2024
Alisher Yusupov – bronza medali sohibi
15:40 / 01.08.2024