Sport | 21:31 / 10.10.2018
19630
1 daqiqa o‘qiladi

Zidan «Real»ni Peres tufayli tark etgani ma'lum bo‘ldi

Foto: AS

«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoasida yarimhimoyachi Garet Beylni ko‘rishni istamagan.

Yanvarda mutaxassis klub prezidenti Florentino Peres bilan uelslik futbolchini yozda sotib yuborish haqida kelishuvga erishgan. Biroq, Beylning «Liverpul»ga (3:1) qarshi Chempionlar Ligasi finalida ikkita gol urishi Peresning fikrini o‘zgartirib yuborgan. 

Shundan so‘ng, prezident direktorlar kengashi a'zolariga Beyl Krishtianu Ronaldudan ancha yaxshiroq ekanini aytgan, deb xabar beradi Tribalfootball.

Peres o‘z va'dasida turmagach, Zidan klubni tark etishga qaror qilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid