Jamiyat | 19:05 / 11.10.2018
66631
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida favqulodda holat kuzatildi. Metropoliten ma'muriyati rasman izoh berdi

Foto: KUN.UZ

Bugun, 11 oktabr kuni tushdan so‘ng Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishida yo‘lovchilar poyezdni 40 daqiqagacha kutishga majbur bo‘lishdi. Bekatga kelgan poyezd esa bir muddat joyidan siljimagan va harakatsiz poyezdlar metroga tushib kelgan yo‘lovchilar bilan to‘lib-toshgan.

Toshkent metropoliteni ma'muriyati bu tushunarsiz vaziyat bo‘yicha izoh berdi.

«2018 yil 11 oktabr kuni soat 14dan 24 daqiqa o‘tganda Chilonzor metro liniyasining «Olmazor» bekatida 14-sonli mashrut bekatning aylanish joyiga kelganda texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan. Undan keyin kelayotgan poyezdlarni aylantirish imkoniyati bo‘lmagan. Shu sababli metrodagi poyezdlar harakat jadvalini saqlash hamda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, shuningdek, poyezdlar oralig‘idagi masofa cho‘zilib ketishining oldini olish maqsadida «Paxtakor» bekatida vaqtincha poyezdlar ikkinchi yo‘lga aylantirilib, harakati tashkil qilindi. Bu jarayonda poyezdlar qatnovining oraliq masofasi 17 daqiqani tashkil qildi. Yuz bergan texnik nosozlik jami 35 daqiqada bartaraf qilindi va metro poyezdlari yana o‘z jadvali asosida harakatini davom ettirdi.  

Bunday texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgan noqulaylik uchun Toshkent metropoliteni ma'muriyati barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raydi», deyiladi izohda.

Mavzuga oid