O‘zbekiston | 19:40 / 11.10.2018
7354
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Inson kapitalini rivojlantirish loyihasini qo‘llab-quvvatlovchi 27 davlat qatoriga qo‘shildi

Foto: Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Jahon bankining bugun e'lon qilingan yangi tadqiqot natijalari hukumatlarga bolalar salomatligini saqlash va ularga ta'lim berishga oid eng yaxshi natijalar kelgusida aholi va mamlakatlar daromadlarini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini namoyish qilmoqda.

Indoneziyadagi Bali orollarida Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi yig‘ilishi doirasida taqdim etilgan Inson kapitali indeksi bugun sayyorada tug‘ilgan 56 foiz bolaning hayoti davomidagi umumiy daromadi o‘rtachadan past bo‘lishini namoyish qilmoqda.

Bunga sabab - hukumatlarning o‘z mamlakati aholisiga kiritayotgan sarmoyalarning past samaradorligi, bu esa kelajak kasblari uchun tayyor sog‘lom, bilimli ishchi kuchini shakllantirish yo‘lida xizmat qilmaydi.

Sog‘liq, bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga olgan inson kapitali XX asrda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, ayniqsa Osiyodagi iqtisodiy o‘sish va qashshoqlik ko‘lamining qisqarishiga turtki bergan asosiy omillardan biri bo‘lgan.

Inson kapitali indeksida quyidagilar inobatga olinadi:

  • Omon qolish;
  • Ta'lim;
  • Sog‘liq.

Indeksning birinchi nashrida 157 davlat reytingi taqdim etilgan. Inson kapitaliga boshqalardan ko‘proq sarmoya kiritayotgan eng faol mamlakatlar beshligidan Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya, Honkong va Finlyandiya o‘rin olgan. Reytingda shuningdek Markaziy Osiyoning uch davlati natijalari keltirilgan - Qozog‘iston (31-o‘rin), Qirg‘iziston (76) va Tojikiston (89).

"O‘zbekiston hukumati iqtisodiy transformatsiya va mamlakat kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan inson kapitali rivojiga davlat investitsiyalarini kiritish zaruratini tan oladi, - deydi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori. - Biz O‘zbekistonni Inson kapitalini rivojlantirish loyihasini qo‘llab-quvvatlovchi dunyoning qolgan 27 mamlakatiga qo‘shilgan Markaziy Osiyodagi birinchi mamlakat bo‘lgani bilan olqishlaymiz".

Mavzuga oid