Konferensiya iştirokçilari Özbekistonning sönggi yillardagi yutuqlarini yuksak baholab, mamlakat oçiq ma’lumotlar indeksida jahon böyiça 30-örinni va Markaziy Osiyoda peşqadam mavqeni egallaganini alohida ta’kidladilar.

2017-2024 yillarda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan nodavlat notijorat taşkilotlarining 2 ming 250 ga yaqin loyihalari amalga oşirilişi uçun mablağ ajratilgan.

Xorijiy mutaxassislar tomonidan "Özbekiston–2030" strategiyasiga alohida e’tibor qaratilib, uşbu hujjatda belgilangan xalqaro standartlarga mos keladigan ta’lim, soğliqni saqlaş va ijtimoiy himoya tizimlarini yaratiş, adolatli va zamonaviy davlat boşqaruvini şakllantiriş kabi maqsadlar yuksak baholandi. Strategiyaning amalga oşirilişi Özbekistonni 2030 yilga kelib dunyoning eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlari qatoriga kiritişi ta’kidlandi.

Konferensiya yakunida iştirokçilar Özbekistonda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantiriş böyiça qator muhim taklif va tavsiyalar ilgari surdilar.