«Qaysi mahsulot ko‘proq daromad keltirsa, o‘sha ekiladi». Prezident paxta terimini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumaniga tashrif buyurdi. Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, davlat rahbari «Valixon ota» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta terimini ko‘zdan kechirdi.
Joriy yil iyul oyida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida davlat rahbari g‘o‘za rivojini jadallashtirish, hosilga hosil qo‘shish bo‘yicha dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi. Shunga muvofiq, Toshkent viloyatida ham zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi. Viloyatda qariyb 76 ming gektar, Bo‘ka tumanida salkam 13 ming gektar maydonda paxta yetishtirildi. Ayni kunlarda paxta terimi davom etmoqda.
Prezident shu yerda viloyat fermerlari va qishloq xo‘jaligi mutasaddilari bilan suhbatlashdi.
Bu yilgi ob-havo paxtachilik uchun noqulay keldi. Suv kam, zararkunanda hasharotlar ko‘p bo‘ldi. Paxta rivoji kechikdi.
Davlat rahbari hamma sohalar qatori qishloq xo‘jaligida ham asosiy maqsad xalq manfaati ekanini, qaysi mahsulot ko‘proq daromad keltirsa, o‘sha ekilishini ta'kidlagan.
«Manfaatdorlik bo‘lishi uchun qilingan xarajatni qoplab, foyda ko‘rish kerak. Ertangi kuni bugunidan yaxshi bo‘lishi uchun har bir odam o‘zi harakat qilishi zarur. Hozirgi zamonda kim yutadi - intilgan yutadi, mehnat qilgan yutadi», degan Shavkat Mirziyoyev.
Bu yil paxta hosilini yig‘ib-terishda narx ikki barobar oshirildi. Jumladan, Toshkent viloyatida bir kilogramm paxta terish uchun ming so‘mdan ziyod pul to‘lanmoqda.
Muloqotda fermerlarga o‘z mehnati samarasini ko‘rish vaqti kelgani, buning uchun paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etib, hosilni yog‘inli kunlarga qoldirmay yig‘ib olish zarurligi ta'kidlandi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Pautina» operatsiyasi aniq tarix darsliklariga kiritiladi - Zelenskiy
Jahon | 00:20
-
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi
Jahon | 23:06 / 01.06.2025
-
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olish orderini berdi
Jahon | 22:27 / 01.06.2025
-
Tergovdagi qiynoqlar, arzonlashgan dollar va AQShdagi o‘zbek lobbisi - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:10 / 01.06.2025
Mavzuga oid

11:20 / 25.02.2025
Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Imomali Rahmonning birinchi uch tomonlama sammiti mart oxirida bo‘lib o‘tadi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

20:26 / 21.02.2025
Dronlar, SI kibertuzilmalari, robotlashgan texnikalar - mudofaani mustahkamlashning yangi strategiyalari

13:00 / 09.11.2023