20:38 / 12.10.2018
14210

O‘zbekiston – KXDR. O‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotlardan fotoreportaj

Bugun, 12 oktabr kuni O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvidan oldingi rasmiy mashg‘ulotlarda qatnashdi.

«Milliy» stadionida dastlab Ektor Kuper murabbiyligidagi mezbonlar shug‘ullanishgan bo‘lsa, keyinroq koreyslar mashg‘ulotlarga chiqishdi. «Tribuna.uz» fotomuxbiri jarayonni kuzatib, undagi muhitni mushtariylarga yetkazishga harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – KXDR o‘yini ertaga, 13 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Mavzuga oid
Top