O‘zbekiston | 22:58 / 14.10.2018
158187
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimovning otasi haqida ma'lumot berildi

Islom Karimov fondida O‘zbekiston birinchi prezidentining otasi haqida so‘zlab berildi

Islom Karimovning otasi-1894 yilda tug‘ilgan Abdug‘ani bobo xizmatchi bo‘lgan. U qattiqqo‘l, o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchan kishi bo‘lgan hamda qat'iyligi bilan ajralib turgan. 

Foto: Facebook /IslomKarimovFoundation

"Abdug‘ani bobo qat'iy tartib-qoidaga rioya qilgan va o‘g‘illaridan ham shuni talab qilgan. Mahallada katta obro‘-e'tibor qozongan bo‘lgan. Abdug‘ani bobo va Sanobar aya farzandlarining bilim olishga intilishi va doimo o‘z ustida ishlashi uchun shart-sharoit yaratishgan", - deyiladi Fond xabarida. 

Ta'kidlanishicha, Karimovlar oilasida barcha o‘g‘illar oliy ma'lumotli bo‘lgan, ularning uch nafari maktabni oltin medal bilan tugallagan, uch nafari fan nomzodi bo‘lgan - Ibod G‘aniyevich, Quddus G‘aniyevich va Islom Abdug‘aniyevich. Bu o‘sha vaqtlar va bugungi davr uchun - noyob hodisa. Keyinroq Islom Karimov akademik darajasigacha erishdi. 

"Aka-ukalarning bari fenomenal xotira bilan ajralib turgan. Bu oilaviy xususiyat edi. Aka-ukalar hozirgina o‘qilgan matnni kim yoddan aytib bera olishi borasida o‘zaro bellashishgan. Keyinchalik ularning orasidan kimdir oliygoh o‘qituvchisi, kimdir sudya, xizmatchi, olim va prezident bo‘ldi. Bu oila uchun o‘g‘il farzandlarning bilim olishi birinchi o‘rinda bo‘lgan. Ushbu hayotiy pozitsiyaga sodiqlikni vaqtning o‘zi tasdiqladi", - deyishdi Karimov fondida. 

Mavzuga oid