Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyat prokuraturasi Kun.Uz’da chiqqan maqoladagi faktlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi
Kun.Uz saytida e'lon qilingan maqolada bildirilgan qonunbuzarliklar o‘z tasdig‘ini topdi. Yoritilgan muammolarni o‘rganish jarayonida qonunbuzarliklar aniqlangan va Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Kozim Koziyev Kun.Uz muxbiriga ma'lum qildi.
Uning bildirishicha, viloyatning Navbahor tumanidagi “Sarmish” xo‘jaligi mulklarini auksion orqali tadbirkorlarga sotishda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar, shunga doir maqola e'lon qilinganidan so‘ng, jiddiy tarzda o‘rganib chiqilgan hamda O‘zR Jinoyat kodeksining 205-moddasi, ya'ni hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Koziyevga ko‘ra, ayni vaqtda mazkur jinoiy ish yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan auksionda o‘z huquqlari poymol etilgan, deb hisoblovchi tadbirkorlar ariza bilan viloyat prokuraturasi tegishli bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zR Jinoiy-protsessual kodeksi 322-moddasi, 3-bandiga muvofiq, ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar ham jinoiy ish qo‘zg‘atishga sabab va asos bo‘lishi belgilangan. Shu yilning 1 avgustida “Sarmish”ning 15 mingdan ortiq qo‘yi qayoqqa g‘oyib bo‘ldi?” sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
17:15
Navoiyda 7 yoshli bolaga yuk mashinasi boshqaruvini bergan shaxsga chora ko‘rildi
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
08:53 / 05.06.2026