Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp qayta saylanishiga qancha mablag‘ yig‘a olgani ma'lum qilindi
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi saylov kampaniyasiga 100 mln dollardan ko‘proq mablag‘ yig‘a oldi. Bu haqda Federal saylov komissiyasi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda CNN telekompaniyasi ma'lum qildi.
Joriy yilning iyul-avgust oylarida Tramp saylov kampaniyasini o‘tkazish qo‘mitasi va Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi yordamida 18 mln dollar yig‘a olgan. Shu tariqa, Tramp keyingi saylovi uchun yig‘gan umumiy mablag‘ 106 mln dollarga yetgan. Ta'kidlanishicha, xayriya qiluvchilarning 98 foizi 200 dollardan ko‘p pul ajratishmagan.
AQShning avvalgi prezidenti Barak Obama qayta saylanishi uchun mablag‘larni prezidentligining 3 yilidan keyin yig‘a boshlagan. Trampning esa Oq uyga rahbarlik qilayotganiga hali 2 yil ham bo‘lmadi, biroq u keyingi saylovlar uchun mablag‘ yig‘ishni allaqachon boshlab yuborgan.
Mavzuga oid
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
15:20 / 05.02.2026