Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya politsiyasi Saudiya Arabistoni konsulligida Qoshiqchining o‘ldirilgani isbotini topdi – OAV
Turkiya politsiyasi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilgani isbotini topdi. Bu haqda Turkiya hukumati vakiliga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, 16 oktabrga o‘tar kechasi boshlanib, ertalab tugagan tintuv vaqtida politsiya jurnalistning konsullikda o‘ldirilganining aniq isbotini topgan. Biroq manbaa gap qanday isbotlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Turk OAV ma'lumotlariga ko‘ra, mutaxassislar konsullik hovlisidagi tuproqdan namuna olishgan hamda bino ichida qon izlarini topish maqsadida ultrabinafsha nurlaridan foydalanishgan. Tekshiruv 9 soatdan ko‘proq davom etgan. Ma'lum qilinishicha, tergovchilar saudiyalik konsul qarorgohini ham ko‘zdan kechirishadi.
Bu vaqtda konsulning o‘zi Turkiyani tark etgan. U Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroportdan Saudiya Arabistoniga uchib ketgan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026