Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Melaniya Trampning samolyoti bilan favqulodda vaziyat yuz berdi
Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp uchib ketayotgan samolyot texnik muammo sababli “Endryus” bazasiga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Nosozlik samolyot salonidagi tutashga sabab bo‘lgan. Samolyotda birinchi xonim bilan birga jurnalistlar ham bo‘lgan.
CNN telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot havoga ko‘tarilgandan taxminan 10 daqiqa o‘tgach salonda tutun va kuygan hid paydo bo‘lgan. Shundan keyin OAV vakillariga ho‘l sochiqlar tarqatilib, badbo‘y hid kuchaysa, u bilan yuzlarini berkitish tavsiya qilingan.
Bir muddatdan keyin samolyot muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan. Melaniya Trampning rasmiy vakili hodisa “kichik texnik muammo” bilan bog‘liq bo‘lganini aytgan.
Oq uyda ushbu hodisaga izoh berilmagan va birinchi xonimning safari ko‘chirilishi ma'lum qilingan. Melaniya Tramp Filadelfiyadagi shifoxonaga tadbirda ishtirok etgani ketayotgan bo‘lgan. U Vashingtonga shu kuni kechroq qaytishi kerak bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:22
Ilk marta: samolyot harakatlanayotgan poyezd ustiga qo‘nib, yana osmonga ko‘tarildi
09:13 / 19.02.2026
O‘zbekistonda Magnus Fusion 212 samolyotlari ishlab chiqarilishi mumkin
17:58 / 21.01.2026
Uzbekistan Airways samolyoti dvigateli ishlamay qolgani sababli Krasnoyarskka favqulodda qo‘ndi
08:42 / 25.12.2025