Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi qaysi soha vakillarida ekani ma'lum qilindi
2018 yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqini moliyaviy va sug‘urta faoliyati sohasidagi tashkilotlar xodimlari olishgan. Ularning o‘rtacha nominal ish haqi 3 mln 213 ming so‘mdan ortiqroqni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotida keltirilmoqda.
Keyingi o‘rinni axborot va aloqa sohasi xodimlari egallashgan. Ularning o‘rtacha nominal ish haqi 3 mln 196 ming so‘mga teng bo‘lgan.
Ma'lumotga ko‘ra, eng kam o‘rtacha nominal ish haqi esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy soha xodimlariga hisoblangan. Ularning o‘rtacha nominal ish haqi 1 mln 85 ming so‘mga teng bo‘lgan.
Ta'lim sohasida ishlayotganlar ham boshqa soha vakillariga nisbatan kamroq maosh olishlari ma'lum bo‘ldi. Ularning o‘rtacha nominal ish haqi 1 mln 300 ming so‘mga yaqin.
Davlat statistika qo‘mitasining ma'lum qilishicha, 2018 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 mln 684,5 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etgan.
Mavzuga oid
13:43 / 23.01.2026
O‘zbekiston tashqi savdosi: Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi sheriklar
17:36 / 22.01.2026
Aholini ro‘yxatga olishda onlayn savolnomani bir kishi butun oila uchun to‘ldirishi mumkin
16:35 / 22.01.2026
Top-10 yo‘nalish: 2025 yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga bordi?
14:20 / 22.01.2026