O‘zbekiston | 21:19 / 17.10.2018
9638
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tibbiy aviatsiya tashkil etiladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda sanitar aviatsiya tashkil etish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK bilan birgalikda tez tibbiy yordam xizmatini 2020 yildan boshlab aviatsiya texnikasi bilan jihozlash va (yoki) aviatsiya xizmatlarini xarid qilish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida xarid qilish bo‘yicha takliflarni 2019 yil 1 martga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan.

Bundan tashqari, tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Qaror bilan 2019 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq, tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlari tasdiqlangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish