Jamiyat | 22:35 / 17.10.2018
8538
2 daqiqa o‘qiladi

«Vaqf» xayriya jamoat fondi yangi loyiha boshlaganini ma'lum qildi

«Vaqf» xayriya jamoat fondi keng ko‘lamli yana bir loyiha ishga tushirganini ma'lum qildi. Bu haqda fond Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, fond kam ta'minlangan, nogironligi bor, boquvchisi yo‘q, chin yetim va muhtoj yigit va qizlarning nikoh va sunnat to‘ylarini o‘tkazib beradi.

Aktsiyada har bir kishi pul o‘tkazish yoki ko‘mak berish orqali ishtirok etishi mumkin.

Birinchi xayriya to‘yi noyabr oyida o‘tkazib berish rejalashtirilgan.

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):

8600 3104 7630 6808 (Bakiyev Hakim nomida)

Vaqf xayriya jamoat fondi ushbu loyiha uchun ko‘ngillilarni hamkorlikka chorlaydi!
Aktsiyaga mas'ul shaxs: Abdulaziz Muhammadiyorov
Murojaat uchun telefon: (99) 888 88 77

Avvalroq «Vaqf» xayriya jamoat fondi erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar haqda ma'lum qilgan edi.

Mavzuga oid